Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SCORPION filmining treyleri 1 million martadan ortiq tomosha qilindi
PROlogue kinofestivalini ochib beradigan SCORPION trillerining treyleri 2 kun ichida 1 million martadan ortiq tomosha qilindi.

Kinofestival direksiyasidan ma'lum qilinishicha, bu raqam 5 noyabr kuni internetga joylashtirilgan videorolik film va kinofestivalning Instagram va Facebookdagi rasmiy sahifalari, ushbu ijtimoiy tarmoqlardagi pabliklar va Telegram kanallaridagi ko‘rilganlari soni. Treylerni shuningdek, taniqli san'atkorlar va boshqa mashhur insonlar ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bo‘lishdilar.
Blogerlar va internet foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, tasvir va ovozning yuqori sifati, qo‘llanilgan maxsus effektlar, tasvirga olish jarayonlari olib borilgan joylar ko‘rinishi Gollivud kinolarini yodga soladi. Ko‘plab foydalanuvchilar izohlarda mahalliy kinoijodkorlardan bu darajadagi filmni birinchi marta ko‘rishayotganini yozishmoqda.
Film ijodkorlarining aytishicha, keng ko‘lamli loyihaga xorijlik mutaxassislarni jalb etish orqali bunga erishildi. Xususan, ssenariyni yozishda amerikalik kinodramaturg, qator mashhur loyihalar muallifi Bob Andervud qatnashdi. Kartina operatori sifatida Maks Ttsui (Germaniya) ishtirok etdi. Ovoz ustida ishlash jarayoni «Mosfilm» kinokonserni mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Rang-tasvir esa «Legenda 17», «Dvijyeniye vverx», «Viking» kabi filmlarda ishlagan Moskvaning «Color Kitchen» kompaniyasi hamkorligida olib borildi. Filmning ovoz dizayni ustida amerikalik ovoz rejissyori Geri Burjua ishlagan.
Film rejissyori Muxlisa Azizova, prodyuser – Oybek Abdushukurov. Mazkur loyiha Yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi ko‘magida amalga oshirildi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:15 / 05.02.2019
O‘zbekiston ilk bor Berlin xalqaro kinofestivalida o‘z milliy paviloni bilan ishtirok etadi
19:46 / 07.12.2018
«Qasoskorlar: Intiho» filmining ilk treyleri namoyish etildi
19:21 / 03.11.2018
PROlogue kinofestivaliga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda?
00:20 / 08.07.2018