Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MH17 reysi bo‘yicha xalqaro tergov guruhi ishi 2018 yilga qadar uzaytirildi
Niderlandiya bosh prokuraturasi 2014 yilning iyulida Donbassda ro‘y bergan MH17 reysi aviahalokati sabablarini o‘rganishga doir tergov ishi qachongacha davom etishi haqida aniq ma'lumot bera olmaydi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
Niderlandiya bosh prokurori Fred Vesterbekening so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro tergov guruhi (JIT) MH17 reysiga doir ishini 2018 yilga qadar uzaytirishi ma'lum bo‘ldi.
"Tergov ishi qancha davom etishini aniq ayta olmayman, bu har xil omillar, tergovning borishi, guvohlarning ma'lumot to‘plashiga bog‘liq", - dedi u jurnalistlarga.
MH17 reysi aviahalokati 2014 yilning 17 iyulida ro‘y bergan. Amsterdamdan Kuala-Lumpurga parvoz qilayotgan Malayziya avialiniyasiga tegishli bo‘lgan samolyotning qulashi natijasida 298 nafar kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi
15:26 / 25.02.2025
Hind okeanida 11 yil avval yo‘qolgan samolyotni qidirish ishlari qayta boshlandi
17:17 / 19.02.2025