Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saddam Husayn saroyi antiqa buyumlar muzeyiga aylantirildi
Iroq janubi-sharqidagi Basra shahrida joylashgan Saddam Husaynning sobiq saroyi muzeyga aylantirildi. Bu haqda Luxury Listings yozmoqda.
Muzeyda noyob va antiqa buyumlar namoyish qilinadi. Bu buyumlarga miloddan avvalgi 400 yillarga taalluqli tangalar va kulolchilik idishlarini kiritish mumkin. Direktorning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rgazma uchun saroyning tanlanganiga sabab, zulm o‘rnini insoniylik egallaganidir.
Moliyaviy yetishmovchilik sabab muzeyda faqatgina bitta zal ishlamoqda. Zalning a'lo darajada ta'mirlanishi uchun 750 ming dollar mablag‘ yo‘naltirilgan. Moddiy yordamni Britaniyadagi xayriya tashkiloti ajratgan.

Iroqning sobiq rahbari bu yerda 2003 yilga qadar yashagan edi. Keyinchalik saroy britaniyalik askarlar uchun yemakxonaga aylantirilgandi.
Ma'lumot uchun, Saddam Husayn Iroqni 1973 yildan buyon boshqara boshlagan. 2003 yilning bahorida Iroqda AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliyadan iborat koalitsiya uni qo‘lga oldi. 2006 yilda Husaynga nisbatan o‘lim jazosi o‘qildi va u o‘sha yilning 30 dekabr kuni hukm amalga oshirildi.
Mavzuga oid
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
08:12 / 19.06.2024
Hayit kuni osilgan Saddam Husayn. Iroq tanazzuli qanday ro‘y bergandi?
15:31 / 19.07.2023
Qibla toza bog‘ - Xiva xonlarining unutilgan, lekin bugungacha saqlanib qolgan saroyi
20:50 / 27.05.2023