Suriya armiyasi dronlar hujumini qaytardi

Suriya armiyasi qo‘lbola portlovchi qurilmalar bilan qurollangan dronlar hujumini qaytardi.
Dronlar Suriya armiyasi pozitsiyalariga "Jibhat an-Nusra" terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan nazorat qilinuvchi hududdan jo‘natilgan.
Ma'lum qilinishicha, Suriya armiyasi 13 ta dronni urib tushirgan. Voqea Dara viloyatida yuz bergan.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning Kreml bilan Suriyada terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikdan voz kechishi jangarilar uchun "eng yaxshi sovg‘a" bo‘lishini aytgandi.
Zaxarovaning aytishicha, Vashington bunday harakatlar bilan deyarli jangarilarni o‘z qanoti ostiga olgan.
Mavzuga oid

08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi

10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi

11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi

14:51 / 07.05.2025