Jahon | 12:30 / 30.09.2016
16004
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela rahbari "birinchi raqamli dushman" kimligini ma'lum qildi

Foto: RIA

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatning muxolif parlamenti rahbari Enri Ramosni "xalqning birinchi raqamli dushmani", ekanini ta'kidlamoqda

"Ushbu mamlakatda, bugungi kunda xalqni, ayollarni og‘zidagi ko‘pigi bilan haqoratlayotgan, har safar ko‘proq zarar keltirishga urinayotgan yovuzlik yetakchisi va rahbarining ismi-sharifi bor –  u ham bo‘lsa, birinchi raqamli dushman Enri Ramos Alyupdir", — degan prezident "Maduro bilan suhbatda" haftalik ko‘rsatuvida.
Qayd etish joizki, prezident va parlament o‘rtasidagi kelishmovchilik sakkiz oydan ortiqroq vaqtdan beri davom etib kelayapti. 

Avvalroq, Maduro muxolifat nazoratidagi mamlakat Milliy assambleyasini (parlament) davlat tomonidan moliyalashtirishni to‘xtatish bilan tahdid qilgan va xalq yordamida parlamentga qarshi tura olishini bildirgan edi. O‘z navbatida parlament spikeri Ramos, uni moliyalashtirishni to‘xtatish bilan qo‘rqitib bo‘lmasligini aytgandi. 

Hozirda, Venesueladagi vaziyat, mahsulotlar taqchilligi, pulning o‘ta qadrsizlanishi va neft narxining arzonlashuvi ortidan davlat daromadining tushib ketishi hamda parlamentda muxolifat tomoni yetakchilikni qo‘lga kiritgach, ijro va qonunchilik hokimiyati o‘rtasidagi inqiroz tufayli tobora keskinlashmoqda. 

Mavzuga oid