Jamiyat | 19:21 / 01.10.2016
16087
1 daqiqa o‘qiladi

Yil shov-shuvi: «Denzel Vashington onasi Areta Franklinni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘ldi»

Manxetten politsiyasi yigirma yashar Denzel Vashingtonni (aktyor Denzel Vashingtonga hech qanday aloqasi yo‘q) ellik yashar onasi Areta Franklinning (qo‘shiqchi Areta Franklinga hech qanday aloqasi yo‘q) uyini buzib kirib, uni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lgani uchun hibsga oldi. Bu haqda New York Post yozmoqda.

Vashingtonga nisbatan turar-joy binosiga noqonuniy ravishda kirib borish aybi qo‘yilgan. Avval ham u onasi yashayotgan uyni buzib kirishda ayblangan va turli aldov yo‘llari bilan javobgarlikdan qochib yurgan edi.

Shunisi ajablanarliki, haqiqiy Denzel Vashington va Areta Franklin nafaqat tanish, balki yaqin do‘stlar ham. Bir gal Vashington 2014 yilda Nyu-Yorkning Ritts-Karlton mehmonxonasida Franklinning 72 yoshini nishonlashni tashkillashtirgan ham edi.

Mavzuga oid