Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti Moskvada qolmoqda
Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev hozircha Moskvaning Markaziy klinik shifoxonasida davolanish kursini davom ettirmoqda, deya xabar qilgan RIA Novosti agentligi Qirg‘izistonning Moskvadagi elchixonasi press-attashesi Gulbarchin Bayimbetovaga asoslangan holda.
Avvalroq, Atambayev salomatligi yomonlashgani bois, tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida qisqa muddatli ta'tilga chiqqani xabar qilingan edi. Shundan so‘ng, MKShdan shu haftada javob berilishi va vataniga qaytishi mumkinligi aytilgandi.
"U, bugun hech qayoqqa uchmaydi. U Moskvada", — degan Bayimbetova. Uning so‘zlariga ko‘ra, Atambayev hozircha MKShda qolmoqda.
"Kecha bemorga javob berish bo‘yicha barcha hujjatlarni tayyorlashayotganini aytishgan edi. Ular juma kuni javob beramiz, deyishgandi, ammo unday qilishmadi", — degan elchixona matbuot kotibi.
Shu bilan birga, elchixona davlat rahbariga shanba kuni javob berilishi mumkinligini aytmoqda. "U yerda elchining o‘zi ishlayapti, balki ulgurishar", — deya tushuntirgan Bayimbetova.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025