Sport | 11:08 / 01.10.2016
7045
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston eshkak eshish bo‘yicha Osiyo birinchiligida eng ko‘p medalni qo‘lga kiritgan jamoa bo‘ldi

Samarqand eshkak eshish kanalida o‘tkazilgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi va parakanoe bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uch kun davom etgan musobaqalarda dunyoning 14 davlatidan kelgan 200 dan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Dastlab, parakanoe bo‘yicha birinchi Osiyo chempionati o‘tkazilib, unda o‘zbekistonlik sportchilar 2 oltin, 4 kumush va 2 bronza medalini qo‘lga kiritib, eng yaxshi natijani qayd etdi.

Kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 11 oltin, 10 kumush va 6 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda yurtimiz vakillari 10 oltin, 14 tadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
 

Mavzuga oid