Sport | 15:41 / 28.08.2023
21956
1 daqiqa o‘qiladi

Kanoe. Artur Guliyev jahon chempionatida 13 yil kutilgan oltin medalni qo‘lga kiritdi

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Germaniyaning Duysburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Artur Guliyev 13 yil kutilgan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Kanoechimiz C1 200 m toifasida 38,729 natija bilan Ispaniya va Polsha vakillaridan ustun kelib, jahon chempioniga aylandi.

So‘nggi bor o‘zbekistonlik kanoechilardan Vadim Menkov 2010 yilgi dunyo birinchiligida shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Artur g‘alabani mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishladi, chempionning onasi farzandi bilan faxrlanishini aytdi, Osiyo o‘yinlarining 4 karra g‘olibi Vadim Menkov esa Guliyevga omad tiladi.

Muxbir – Hasan Yusupov
Tasvirchi va montaj ustasi – Abdusalim Abduvoxidov

Mavzuga oid