Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida hokim almashdi
Namanganda xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Namnews.uz» xabar bergan.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi: tuman hokimi Abdulxapiz Abdukarimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Tumanga Namangan viloyatining sobiq hokimi, hozirda don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi direktori bo‘lib ishlab turgan Bahodir Yusupov yangi hokimi etib tasdiqlandi.
Ma'lumot uchun, Bahodir Yusupov 2009—2015 yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025