Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shotlandiyada «Reyndjyers» muxlislari avtobusi ishtirokida fojiali YTH ro‘y berdi
Shotlandiya chempionatining 8-turida «Partik»ka qarshi o‘yin tomoshasi uchun yo‘l olgan «Reyndjyers» jamoasi muxlislari avtobusi jiddiy yo‘l transport hodisasiga yo‘liqdi.
Avariya Kilmarnok shahri yaqinida, aylana yo‘l chorrahasida ro‘y bergan. Avtobus chap yonga ag‘darilib tushgan.
Avtobusda haydovchi bilan qo‘shib hisoblaganda 37 kishi bo‘lgan. YTH oqibatida 39 yoshli yo‘lovchi halok bo‘lgan, yana 18 kishi jarohatlangan. Bir qancha og‘ir ahvoldagi yo‘lovchilar vertolyot orqali shifoxonaga olib ketilgan.
Jamoa halok bo‘lgan muxlisining oilasiga hamdardlik bildirgan, jamoa futbolchilari g‘alabani marhumga bag‘ishlashgan.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025