Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasi Chechenistonda tayyorgarlikdan o‘tishi mumkin
Checheniston respublikasi rahbari Ramzon Qodirovning bayonot berishicha, Suriyada chechenistonlik harbiy mutaxassislar yo‘q. Biroq, respublika suriyalik harbiylarni maxsus qo‘shinlarni tayyorlash markaziga taklif qilishga tayyor, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Checheniston Suriya armiyasi vakillarini o‘zining Gudermes shahridagi xalqaro maxsus bo‘linmalarni tayyorlash markaziga taklif qilishiga shay.
«Nega mumkin emas...Suriyada terrorchilar bo‘lsa, biz esa hammamiz terrorchilarga qarshi kurashmoqdamiz», — deya qo‘shimcha qilgan Qodirov.
Gudermes shahridagi xalqaro maxsus bo‘linmalar tayyorlash markazi 400 gektardan ortiq hududni egallaydi. Taktik mashqlar o‘tkaziladigan shaharchada haqiqiy ko‘p qavatli binolar barpo etilgan bo‘lib, ular yerusti va yerosti infratuzilmalariga ham ega. Maxsus bo‘linmalar jangchilariga 200 nafarga yaqin mutaxassis saboq beradi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025