Jahon | 19:00 / 04.10.2016
17446
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning 5 yirik davlati Suriya bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Foto: © AFP

Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Italiya va GFRning yuqori lavozimli mulozimlari 5 oktabr kuni Suriyadagi inqirozga barham berishning siyosiy chorasini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi, deya xabar qilmoqda Reyter agentligi Germaniya TIVga tayangan holda. 

Eslatib o‘tamiz, 3 oktabr kuni AQSh Davlat departamenti RF bilan Suriya inqirozi bo‘yicha muzokaralarga barham berganini e'lon qildi. RF TIV Amerika tomonining mazkur qaroriga izoh berib, bundan chuqur afsusda ekanini bildirdi. 
 

Mavzuga oid