Xitoyda o‘tgan XVIII Xalqaro Pekin festivalida O‘zbekiston vakillari oliy mukofotni qo‘lga kiritishdi
XVIII Xalqaro Pekin festivali yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Botir Qodirov ijodiy jamoasi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi.
Botir Qodirov bu haqda shunday deydi:
- Erishilgan g‘alaba, qo‘lga kiritilgan mukofot menga emas bu buyuk san'atimizga, mamlakatimizga, aziz muxlislarimizga berilgan yuksak bahodir. Biz har gal sahnaga chiqarkanmiz qalbimiz bilan, butun bir vujudimiz bilan bir fikrga doimo amal qilamiz - bu ham bo‘lsa O‘zbekistonimizning birinchi Prezidenti I.Karimovning “Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo‘lmaymiz ham”, degan fikrlaridir. Bu kabi festivallar hali ko‘p o‘tkaziladi, nasib qilsa ularning ayrimlarida biz va biz kabi san'atkorlar ishtirok etadi. Men bir narsaga aminmanki, qayerda bo‘lmaylik, qachon bo‘lmasin, ana shu fikr bizga hamisha kuch va g‘ayrat bag‘ishlab turadi.
Festival davomida Botir Qodirov jamoasiga Shanxay, Xunan va Pekin Xalqaro festivallariga, Yaqin Sharq, Yevropa bo‘ylab bir oylik musiqiy turne bo‘yicha ijodiy hamkorlik masalasida takliflar kelib tushdi. Bir so‘z bilan aytganda festival chin ma'noda do‘stlik va hamkorlik bayramiga aylanib ketdi.
Mavzuga oid
14:45 / 18.11.2024
Jo‘rayevlar ishida sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi
16:05 / 12.09.2024
“Apellyatsiya shikoyati kiritamiz” – Zohirshoh Jo‘rayev
15:16 / 11.09.2024
“Adolat qaror topishiga ishonchim komil edi” – Botir Qodirov
13:04 / 11.09.2024