Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MFY raisi yer bilan bog‘liq masalada jinoyat qilgani sabab qo‘lga olindi
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining raisi Malikjon Qoraboyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan)ning jinoiy qilmishlari tafsiloti ayrim e'tirozlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
2015 yilning kuz kunlaridan birida M.Qoraboyev hamqishlog‘i Ismoil Saidovni uchratib qoladi. I.Saidov unga yer kerak ekanligini aytadi. Oradan ma'lum bir kun o‘tib, M.Qoraboyev I.Saidovni o‘z xonasiga chaqirtiradi.
Unga “Vodiy gavhari” fermer xo‘jaligi yer maydonidan bir gektarini fermer bilan kelishgan holda nomiga rasmiylashtirib berishini, faqat buning uchun 1500 AQSh dollari xarajati bor ekanligini aytadi.
I.Saidov ertasi kuni aytilgan pullarni olib kelib beradi.
Biroq oradan oylar o‘tsa hamki, M.Qoraboyev va'dasining ustidan chiqavermaydi. U payt poylab I.Saidovdan yana bir million pul so‘raydi. Ismoil unga aytilingan summani emas, balki sakkiz yuz ming berayotganda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.
Ushbu holat yuzasidan M.Qoraboyevga tegishli qonuniy chora ko‘rildi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025