Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi dorivor o‘simliklar yordamida saratonni davolash mumkinligi aniqlandi
Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya vakillaridan iborat xalqaro olimlar guruhi gomoxaringtonin (NNT) moddasi miyeloidli leykemiya remissisini muolaja qilishda yordam berishini aniqlashdi.
Omatsetaksin mepesutstsinat deb tanilgan bu modda ignabargli o‘simlik Cephalotaxus harringtonii'da mavjud bo‘lib, xitoylik shifokorlar tomonidan qon saratoni uchun foydalanilgan. Tadqiqotchilar o‘z xulosalarini Science Translational Medicine jurnalida chop etishdi.
NNT'ning dastlabki tadqiqotlari natijasida dori vositasi Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatining sanitar nazorati boshqarmasi (FDA) tomonidan surunkali miyeloidli leykemiyasining muolajasi uchun tasdiqlandi. Bunday kasallik dori vositalari ta'siriga kamdan-kam uchraydi va eng samarali ta'sir etuvchi vosita bu kimyoviyterapiya va hujayralarning ko‘chirib o‘tkazilishi hisoblanadi. Ammo omatsetaksin mepesutstsinat moddasi saratoni o‘simtalarining o‘sishining to‘xtashida yordam berishi ma'lum bo‘ldi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, ularning tadqiqotlaridan olingan natijalar leykoz bilan og‘rigan bemorlar uchun shaxsiy usullarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025