Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh respublikachilar partiyasi Trampning ayollar haqidagi so‘zlari yuzasidan matbuot-anjuman o‘tkazadi
AQSh respublikachilar partiyasi rahbariyati partiyadan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp atrofida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilish uchun maxsus anjuman o‘tkazishni mo‘ljallamoqda, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
"10 oktabr ertalab respublikachilar partiyasi rahbarlari videoanjuman o‘tkazishni belgilab qo‘yishdi", deb aytildi xabarda. Xabarda AP ixtiyorida bo‘lgan va partiya rahbariyati tomondan yo‘llangan maktubda anjuman mavzusi aytilmagan bo‘lsada, "qonun chiqaruvchilar bu anjuman Trampga bag‘ishlanishiga ishonchlari komilligi" aytilgan.
Bunday anjumanlar juda kam va qoldirib bo‘lmas va muhim masalalarni hal qilish zarur bo‘lgan holatlarda o‘tkaziladi.
Tramp maslahatchisi Rudi Juliani NBC telekanaliga milliarder o‘zining asosiy raqibi Xillari Klinton bilan kechki debatlar o‘tkazishga tayyorligini aytgan.
Julianining aytishicha, Tramp "ayollar haqida aytgan nomaqbul gaplari uchun qattiq tashvishlanmoqda va buning uchun uzr so‘ragan" .
Trampdan ushbu holat yuzasidan nomzodini prezidentlik poygasidan olib tashlash talab qilinayotgani qaramasdan, u saylovlardan hech qanday vaziyatda voz kechmasligini aytgan.
Mavzuga oid
18:24 / 17.03.2025
AQSh Demokratik partiyasi reytingi yorqin lider yo‘qligi sababli eng past darajaga tushdi
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
14:10 / 24.08.2023
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlar birinchi debatni o‘tkazdi. Tramp unda ishtirok etmadi
23:46 / 10.02.2023