Eronlik muxlislarga Janubiy Koreya bilan o‘yinda golni nishonlash taqiqlandi

Foto: AS
Bugun Eron terma jamoasi Tehronda JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Janubiy Koreyani qabul qiladi.
Bu uchrashuv musulmonlarning Ashuro bayramiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu tufayli stadiondagi muxlislar o‘zlarini diniy bayramga munosib tutishadi.
Shu kuni shialar imom Husaynning halokatga uchraganini xotirlashadi va motam o‘tkaziladi.
«Stadiondagi muhit Ashuro kuniga 100 foiz darajada mos bo‘lishi kerak. Stadion qora rang bilan qoplanadi. Olomon bir bo‘lib «Ya Husseyn» hayqirig‘ini aytib turadi», – degan oyatulloh Ali Moxavedi Kermoniy.
75 ming kishilik «Ozodiy» stadioniga 2ta ulkan qora bayroq o‘rnatiladi. Har biri 600 kv metrlik hajmidagi bu bayroqlarga Husayn nomi bitilgan.
Janubiy Koreyalik futbolchilar va jurnalistlar mezbonlarni hurmat qilgan holda qora bog‘ichlarda maydonga tushishga rozi bo‘lishgan.
Manba — Tribuna.uz
Mavzuga oid

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda

18:42 / 21.04.2025