Jahon | 18:20 / 11.10.2016
11764
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinning so‘kong‘ich prezidenti Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin

Foto: russian.rt.com

Filippinning so‘kong‘ich prezidenti Rodrigo Duterte Bruney sultonligi, Xitoy va Yaponiyaga safaridan so‘ng, Rossiyaga tashrif buyurishi mumkinligi haqida bayonot bergan. Bu haqda Blumberg agentligi xabar qilmoqda. 

Manilada chiqish qilgan Duterte mamlakatiga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan "ittifoqlar tuzish niyatida" ekanini bildirgan. 

11 oktabr kuni Yaponiya TIV xabar qilganidek, Filippin davlat rahbari 25-27 oktabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrif buyuradi. U, Yaponiya imperatori Akixito bilan uchrashib, bosh vaziri Sindzo Abe bilan muloqot o‘tkazadi.

Hozircha, Dutertening Xitoyga borish muddati ma'lum emas. 

 

Mavzuga oid