Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya olimpiya qo‘mitasi Rimning Olimpiada mezbonligi uchun bergan arizasini qaytarib oldi
Italiya Olimpiya qo‘mitasi Rim shahrining 2024 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun kurashdan chiqqanini rasman ma'lum qilib, shu borada berilgan arizani qaytarib oldi. Bu haqda qo‘mita rahbari Jovanni Malagoga asoslanib, Reyter xabar tarqatdi.
"Bugun Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga 2024 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun nomzodligimiz haqidagi murojaatni qaytarib olishimiz bo‘yicha maktub yo‘lladik", — degan Malago.
Endilikda 2024 yilgi Olimpiada mezbonligiga da'vogar shaharlar Parij, Budapesht va Los-Anjyeles shaharlari bo‘lib qolmoqda. Mezbon shahar 2017 yilning sentabrida Peru poytaxti Limadagi yig‘ilishda aniqlanadi.
21 sentabr kuni Rim shahrining yangi meri Virjiniya Raji 2024 yilgi Paralimpiada mezbonligi uchun ariza qaytarib olgandi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
16:26 / 31.01.2025
Italiya 3 million fuqaroni zaharlashda ayblandi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
22:24 / 31.12.2024