Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG eng tezkor simsiz zaryad qurilmasini ishlab chiqarmoqda
LG kompaniyasi elektron bozorda smartfonlar uchun 15 vattga ega kuchli simsiz dok-stansiyani (tutashtiruvchi bog‘lama) taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. U apparatlarni kabel orqali quvvatlagandagi tezlikda zaryadlay oladi. O‘rtamiyona smartfonning batareyasini 50 foizgacha quvvatlash uchun bor-yo‘g‘i 30 daqiqa vaqt ketadi, bu esa kabelli 2 amperga ega quvvat moslamasi bilan zaryadlangandagi natijaga teng keladi.
Quick Wireless Charging Pad qurilmasi Qi standartining so‘nggi tahririga to‘liq mos keladi va simsiz quvvat olish xususiyatiga ega ko‘plab mobil qurilmalar bilan ishlay oladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar yonib ketish holatiga qarshi himoya chorasini ko‘rishgan — ichki kontroller smartfon bilan aloqa chog‘ida haroratni nazorat qiladi. Qizish holati oshib ketganda, zaryadlash jarayonini avtomatik tarzda to‘xtatadi.
LG Quick Wireless Charging Pad Shimoliy Amerika, Yevropa va Avstraliya bozorlarida joriy yilning o‘zidayoq paydo bo‘ladi. Qurilmaning narxi haqida ayni damda aniq ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
15:25 / 24.03.2025