The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, LG Moskva oblastida joylashgan zavodi faoliyatini qisman tiklagan.

Foto: AP
Janubiy Koreyaning Samsung, LG Electronics va Hyundai kompaniyalari Rossiya—Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha o‘tkazilayotgan muzokaralar fonida RF bozoriga qaytish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi The Korea Times.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, LG Moskva oblastida joylashgan zavodi faoliyatini qisman tiklagan. Rossiyaning «Rusbeys» nashri ham bir necha kun oldin o‘z manbalariga tayanib, bu haqda xabar bergandi. LG vakillarining ta’kidlashicha, ish faoliyatining qayta tiklanishi «urush boshlanganidan beri turib qolgan ishlab chiqarish quvvatlari yemirilishining oldini olish» bilan bog‘liq. Zavodga yangi yetkazib berishlar amalga oshirilmagan, u yerdagi mavjud materiallardan foydalanilgan.
LG Electronics bosh direktori Cho Ju Vanning ma’lum qilishicha, kompaniya «hali urush tugamagani uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda». Ammo u «vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishayotgani, sanksiyalar yechilishi bilan ishlar qayta tiklanishi»ni qo‘shimcha qilgan.
Nashrning qayd etishicha, Hyundai ham Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Hyundai Motor Group rasmiy vakilining ma’lum qilishicha, «qaror hali qabul qilinmagan, kompaniya vaziyat rivojini kuzatmoqda».
Samsungʼning Rossiya bozoriga qaytish imkoniyatiga oid tafsilotlarni esa nashr keltirmagan.
Mart o‘rtalarida The Bell nashri Rossiya—Ukraina urushi boshlanganidan keyin RFdan chiqib ketgan G‘arb kompaniyalari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, ularning ushbu bozorga qaytishi bilan qiziqqan edi. Jurnalistlar 60 dan ortiq xorij kompaniyasiga so‘rov yuborgan. Ularning 21 tasi javob qaytargan bo‘lib, hech biri Rossiyaga qaytish rejasini tasdiqlamagan.
Mavzuga oid

20:22 / 30.03.2025
KXDRda harbiylar Seul shahriga o‘xshash bazada mashg‘ulotlar o‘tkazadi - koreyalik asir

17:22 / 30.03.2025
Janubiy Koreya tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlarida gumonlanuvchi qo‘lga olindi

19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

20:08 / 25.03.2025