Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijdagi yangi qonun barchaga ulkan bog‘lar barpo qilish imkonini beradi
Parij dunyoning eng go‘zal shaharlari ro‘yxatida doim yetakchilardan bo‘lib turadi. Yangi qabul qilingan qaror esa uni yanada go‘zalroq qilishga qaratilgan. Unga ko‘ra, parijliklarga o‘z shaxsiy shahar bog‘larini nafaqat barpo qilishiga ruxsat beriladi, balki bu ish tavsiya ham qilinadi.
Aholi mevalar, sabzavotlar, gullar va boshqa o‘simliklar o‘stirish uchun yangilanuvchi uch yillik ruxsatnomani qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ldi. Qonunga muvofiq, bu bog‘lar faqat barqaror usullardan foydalangan holda saqlanishi kerak. Bu esa hech qanday o‘g‘itlardan foydalanmaslikni anglatadi.
Parij shahri har bir yangi bog‘bonga "ekish uchun to‘plam" (o‘z tarkibiga urug‘ va ustki tuproqni oladi) taqdim etadi.
Ushbu g‘oya shahar meri Anne Heidalgo’ga tegishli bo‘lib, u 2020 yilga kelib shaharga 100 gektarli yashil maydon ko‘shish rejasining bir qismi sanaladi.



Mavzuga oid
08:50 / 16.05.2025
Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi
10:24 / 15.05.2025
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi
11:00 / 04.05.2025
“Harakatim ko‘p, shuning uchun sog‘lomman” – 75 yoshli bog‘bon aya
18:41 / 25.04.2025