Isroil YuNeSKO bilan aloqalarni uzdi
Isroilning YuNeSKO ishlari bo‘yicha komissiyasi Isroil rahbariyati tomonidan yahudiy xalqining Quddus va uning muqaddas joylari bilan aloqasi borligining inkor etilishi sifatida qabul qilingan rezolyutsiyaga norozilik sifatida YuNeSKO bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda komissiya boshlig‘i, Isroil ta'lim vaziri Naftali Bennett ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
13 oktabrda YuNeSKOning ijrochi kengashi tasdiqlagan rezolyutsiyada Isroilning musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Al-Aqso (Al-Xaram ash-Sharif) masjidiga erkin kirishiga to‘sqinlik qiluvchi tajovuzkor harakatlari va noqonuniy choralari" tanqid qilingan. Shu bilan birga rezolyutsiya matnida ushbu masjidning yahudiycha nomi – Ibodatxona tog‘i va uning yahudiy udumlaridagi ahamiyati aytib o‘tilmagan.
"YuNeSKO a'zolarining tarix va yahudiy xalqining Quddus va Ibodatxona tog‘i bilan ming yillik aloqasini inkor qiluvchi sharmandali qaroridan keyin men Isroilning YuNeSKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasiga bu xalqaro tashkilot bilan barcha professional faoliyatni to‘xtatishga ko‘rsatma berdim", deb aytildi Bennetning YuNeSKO bosh direktori Irina Bokova nomiga yo‘llagan maktubida.
Ta'kidlanishicha, YuNeSKO tomonidan sanab o‘tilgan Quddusdagi masjidlar qadimda vayron qilingan yahudiy ibodatxonalari vayronalarida qurilgan. Quddus – nasroniylar, musulmonlar va yahudiylar uchun muqaddas shahar hisoblanadi. Ibodatxona tog‘i Quddusning eski shaharida joylashgan.
Rezolyutsiyani YuNeSKOning 24 a'zosi qo‘llab-quvvatlagan, unga 6 a'zosi qarshi chiqqan va 26 a'zosi betaraflik bildirgan.
YuNeSKO ijroiya qo‘mitasi rezolyutsiya matnini keyingi haftada yalpi majlisda ko‘rib chiqadi.
Mavzuga oid
19:01
Qatar Tashqi ishlar vazirligi HAMAS yetakchilari Dohada emasligini ma’lum qildi
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024