Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada masxaraboz niqobidagi kishi 19 yoshli yigitga pichoq bilan hujum qildi
Shvetsiyaning g‘arbiy qismida joylashgan Varberg shahrida masxaraboz niqobdagi noma'lum kishi 19 yoshli yigitga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqida SVT telekanali xabar berdi.
Politsiya xodimi Ulla Bremning ma'lum qilishicha, yigit yelkasidan jarohat olgan, uning hayoti xavf ostida emas.
Voqea 13 oktabr, payshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Jinoyatchi qochib qolgan, huquqni muhofaza qilish organlari qidiruv ishlarini olib borishmoqda.
Shuningdek 13 oktabr kuni Britaniyaning The Independent nashri so‘nggi hafta ichida London va Birlashgan Qirollikda qotil-masxarabozlarning bir qator hujumlari qayd qilinganini xabar qilgan. 11 oktabr, seshanba kuni Londonning Brunel universiteti yotoqxonasi yonida masxaraboz kiyimini kiyib, odamlar ketidan arra bilan quvgan talaba qo‘lga olingan. Manchesterda ham bir necha qurollangan "qotil-masxarabozlar"ni ko‘rishgan.
Manbaga ko‘ra, "qotil-masxarabozlar" trendi Buyuk Britaniyaga AQShdan kirib kelgan. Huquq-tartibot xodimlari butun mamlakat bo‘ylab masxaraboz kiyimlarini kiyib, mahalliy aholini qo‘rqitishga harakat qilayotgan bir guruh yoshlarni qo‘lga olishmoqda.
Tarixdagi eng mashhur "qotil-masxaraboz" Jon Geysi bo‘lgan. U 1972 yildan 1978 yilga qadar 33 nafar kishiga hujum qilib, ularni o‘ldirgan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
18:08 / 22.05.2025