Jahon | 08:56 / 17.10.2016
5509
2 daqiqa o‘qiladi

Yaman Arab davlatlari ligasining keyingi sammitini o‘z hududida o‘tkazishni rad etdi

Foto: Flickr/ Rod Waddington

Abd Rabbo Mansur Hodiy boshchiligidagi Yaman hukumati Arab davlatlari ligasining (ADL) 28-sammitini o‘z hududida o‘tkazishni rad etdi, deb ma'lum qildi ADL.

ADL sammiti rotatsiya asosida 2017 yil Yamanda o‘tishi kerak edi.

Bu haqda ADL bosh kotibi Ahmad Abul G‘aytga Yamanning ADLdagi doimiy vakili ma'lum qildi. 

"Yamanning doimiy vakili ADL bosh kotibiga Yaman tashqi ishlar vaziri Abdudmalik al-Mahlafiyning mamlakatdagi vaziyat bayon qilingan hamda Yaman hozirda unga solinayotgan tahdidlar sababli ADL sammitini qabul qila olmasligi haqidagi og‘zaki xabarini yetkazdi", deb aytildi ADL xabarida.

Yamanda 2014 yildan beri bir tomonida "Ansor Alloh" shia harakatining isyonchi-husiychilari va Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Salohni qo‘llab-quvvatlovchi armiyaning bir qismi, ikkinchi tomonida hukumat qo‘shinlari va mamlakat prezidenti Hodiyni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘ngillilar bo‘lgan qurolli ixtilof davom etib kelmoqda.        

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid