Sport | 16:59 / 17.10.2016
6366
1 daqiqa o‘qiladi

Beyl «Real»dagi maoshi Ronalduniki bilan teng bo‘lishini istamoqda

Foto: The Times

«Real»ning uelslik yarimhimoyachisi Garet Beyl yangi shartnoma borasida rahbariyat bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi madridliklar klubi safida yana bir yetakchi hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan bir xil maosh olishni istamoqda. Hozirda portugaliyalik futbolchining haftalik maoshi miqdori 410 ming yevroni (soliqlarni chiqarib tashlaganda) tashkil qiladi.

Beylning hozir haftalik maoshi miqdori esa 289 ming yevroga (260 ming funt) teng.

Bundan avvalgi xabarlarda Garet Beyl bilan shartnoma 2019 yildan 2022 yilga qadar uzaytirilishi va shartnomada uning badal puli miqdori 500 million yevro etib belgilanishi aytilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid