Sport | 15:38 / 03.06.2018
25603
1 daqiqa o‘qiladi

Beylning «Borussiya»ga urgan goli YeChL mavsumidagi eng yaxshisi deb tan olindi

UYeFA rasmiy saytida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, «Real» o‘yinchilarining gollari eng yaxshi gollar uchligidan joy olgan.

Birinchi o‘rin (19 foiz ovoz to‘plagan) YeChL guruh bosqichida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi safar uchrashuvida (3:1) madridliklarning yarimhimoyachisi Garet Beylning to‘pni havoda to‘xtatmasdan darvozaga urgan goli egallagan.
 

Ikkinchi o‘rin (18 foiz) «Yuventus»ga qarshi birinchi chorakfinal uchrashuvi (3:0 da Krishtianu Ronalduning qaychi uslubida urgan goliga berilgan.

Uchinchi o‘ringa (12 foiz) yana bir bisiklet usulida urilgan gol — Beylning yaqindagina — «Liverpul»ga qarshi bo‘lib o‘tgan final uchrashuvidagi (3:1) birinchi goli loyiq ko‘rilgan.

Mavzuga oid