Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada 300 ga yaqin mahbus qamoqdan qochib ketdi
17 oktabrda Braziliyaning San-Paulu shtatida, Franko-da-Rosha shahri qamoqxonasidan kamida 300 mahbus ommaviy qochishni amalga oshirdi, deb Braziliya hukumatiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Folha de Sao Paulo portalining ta'kidlashicha, mahbuslar qamoqxonadagi psixiatrik shifoxonadan qochganlar. Harbiy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 17 oktabr kechga yaqin 18 qochoqni tutishga muvaffaq bo‘lingan.
Bu qochoqlik Braziliyadagi qamoqxonalarda yuz bergan ikkita yirik to‘polondan keyin sodir bo‘ldi. Rorayma shtatidagi bunday to‘polonlardan birida 10 mahbus, Rondoniya shtatida esa 8 mahbus halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025