Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: Mo‘sulga hujum qilish jadvalidan o‘zib ketildi
Iroq hukumat qo‘shinlari va kurd ko‘ngilli bo‘linmalari Mo‘sulni IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda, deb xabar qilgan Pentagon ma'muriyati.
"Ilk ma'lumotlarga binoan, Iroq kuchlari oldilariga qo‘yilgan vazifani uddalashgan hamda belgilangan muddatdan o‘zib ketishdi", - degan Amerika mudofaa vazirligi matbuot kotibi Piter Kuk.
Mo‘sul shahriga hujum 17 oktabrda boshlangani haqida Iroq bosh vaziri Haydar Al Obodiy bayonot bergan edi. Unda hukumat hamda kurd ko‘ngilli bo‘linmalaridan iborat 30 mingga yaqin harbiy ishtirok etmoqda. Jangovar amaliyot IShIDga qarshi xalqaro koalitsiya kuchlarining havo va quruqlikdagi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Iroq Kurdistoni prezidenti Ma'sud Barzaniyning aytishicha, kurd harbiylari birinchi kunda 200 kv.km. maydondagi 9ta qishloq tozalangan.
Bundan tashqari, kurd jangchilari Arbil va Mo‘sul shaharlarini bog‘lovchi yo‘lning asosiy qismini egallagan.
Shunga qaramay, Pentagon vakili "mazkur harbiy kampaniya mashaqqatli bo‘lishi va ma'lum bir vaqtni olishidan" ogohlantirgan.
Mavzuga oid
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
18:44 / 22.05.2025
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi
23:31 / 29.04.2025
Pentagon ayollar huquqlarini kengaytirish dasturini yopdi
21:11 / 24.04.2025