Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi do‘kon ismi sharifini "Sim Ayfon"ga o‘zgartirish evaziga iPhone 7 taklif qildi
Ukrainaning "Allo" internet do‘koni mijozlarga qora iPhone 7 qurilmasini bir grivnaga sotishga va'da berdi, buning evaziga ular ismlarini "Sim", familiyalarini esa "Ayfon"ga o‘zgartirishlari kerak bo‘ladi. Mazkur aksiya haqida internet-do‘konning saytida e'lon qilingan.
Manbaga ko‘ra, ismi va familiyasini aksiya shartida ko‘rsatilgandek o‘zgartirganini tasdiqlovchi pasportni ko‘rsatgan ilk 5 nafar kishiga 1 grivinga yangi iPhone taqdim etiladi. Aktsiya ishtirokchisi shubhasiz Ukraina fuqarosi bo‘lishi shart, avval pasport bilan suratga tushishi kerak, shundan so‘ng "Allo" do‘konining istalgan bo‘limiga kirib, hujjatning asl nusxasini ko‘rsatishi lozim.
Aktsiyaga 17 oktabr kuni start berildi, u besh ishtirokchining hammasiga yangi qurilma topshirilgunga qadar davom etadi. Tashkilotchilar pasportni tekshirish huquqiga egalar.
Apple kompaniyasining iPhone 7 va iPhone 7 Plus qurilmalari taqdimoti 7 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan. Yangi qurilma sotuvlari 16 sentabrdan yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025