Qirg‘iziston parlamenti Konstitutsiyaning asl nusxasini yo‘qotib qo‘ydi
Qirg‘iziston parlamenti mamlakat konstitutsiyani o‘zgartishga oid referendumni tayinlash bo‘yicha qonun loyihasini muhokama qilayotgan vaqtda deputatlar bir jihatga e'tibor qaratishgan. Parlamentariylarning aytishicha, mamlakat Asosiy qonunining asl nusxasi yo‘qligi aniqlangan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
Sentyabr oyi oxirida Qirg‘iz Respublikasi parlamenti mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritishga doir umumxalq referendumini o‘tkazishni 2016 yil 4 dekabriga belgilagan edi. Ya'ni referendumni mahalliy saylovlar bilan bir vaqtda o‘tkazish orqali 4 mln dollarga yaqin mablag‘ni tejash rejalashtirilgandi. Biroq, 10 oktabr kuni prezident Atambayev mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarni 11 dekabrda o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Shu munosabat bilan referendum muddatini ham ko‘chirish masalasi kun tartibiga chiqdi.
Qonun loyihasini muhokama qilish chog‘ida "Ata-Meken" sotsialistik partiyaning parlament fraksiyasi davlat hokimiyati organlariga murojaat qilib, mamlakat Asosiy qonunining ilk nusxasini ko‘rsatishni talab qilgan. Ammo, bugungi kunda adliya vazirligi hamda prezident devoni hujjatning faqat nusxasiga ega ekani aniqlangan.
"O‘zgartish kiritishdan avval, uning aslini topishimiz kerak, aks holda biz nimaga o‘zgartish kiritayotganimiz noaniq bo‘lib qoladi", — degan respublika sobiq prokurori, deputat Aida Salyanova. Sotsialistlar, shuningdek, Konstitutsiyaning aslini topish uchun maxsus komissiya tuzishni ham taklif qilishgan.
Mavzuga oid
18:48 / 28.09.2024
Xitoydan Qirg‘iziston orqali o‘tadigan temir yo‘lning O‘zbekistondagi qismi qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
09:55 / 25.09.2024
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024