Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘on hukumati bilan maxfiy muzokaralarni rad etdi
Afg‘onistonning "Tolibon" harakati mamlakat hukumati vakillari bilan Qatarda maxfiy muzokaralarni boshlagani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etmoqda. Bu haqda, toliblar vakili Zabixulla Muhojid bayonot bergan.
"Islom amirligi vakillari Stanekzoy (Afg‘oniston razvedka xizmati rahbari Muhammad Masun Stanekzoy) bilan ham yoki boshqa biron afg‘on mulozimi bilan ham uchrashgani yo‘q", - deyiladi Muhojid bayonotida.
Avvalroq, Britaniyaning The Guardian gazetasi Afg‘oniston hukumati va toliblar vakillari o‘rtasida maxfiy muzokaralar boshlangani haqida xabar qilgan edi.
Shuningdek, Afg‘oniston hukumatining nomini oshkor qilmagan vakili, mamlakat razvedka boshlig‘i kamida bir marta Doxaga shu maqsadda borganini ta'kidlagan.
Biroq, hozircha, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani rasmiy vakili yoxud Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Oliy kengash a'zosi Ismoil Qosimyor ham buni tasdiqlagani yo‘q.
Mavzuga oid
14:41 / 26.05.2025
«U butkul aqldan ozgan». Tramp Putinni tanqid qildi
19:41 / 25.05.2025
Rossiya-Ukraina urushi «endshpil bosqichiga o‘tdi» – JPMorganChase markazi hisoboti
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025