Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent Islom universitetida IHTning maxsus kafedrasi tashkil etilishi mumkin
Toshkentda IHT TIVKning 43-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Kuni kecha, uning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. U sessiya qatnashchilari oldida ma'ruza qilib, IHTning «Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi»ni tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, O‘zbekistonning yana bir tashabbusi – Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining maxsus kafedrasini Toshkent Islom universiteti tarkibida tashkil etish fikrini sessiya qatnashchilariga ma'lum qildi.
Yangi kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishi sifatida musulmon dunyosidagi ta'lim, ilm-fan va madaniyat tarixi hamda ularning hozirgi holatini o‘rganish va ular haqida talabalarga chuqurlashtirilgan maxsus kurslarni o‘qish tashkil etish kabilar belgilangan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025