Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shtaynmayyer Rossiyaga qarshi sanksiyalar Halab muammosiga naqadar ta'sir ko‘rsatishi borasida fikr bildirdi
GFR TIV rahbari Frank Valter Shtaynmayyerning bayonot berishicha, Rossiyaning Suriyadagi xatti-harakatlari tufayli Moskvaga qarshi yangi jazo choralari qo‘llash Halabdagi vaziyatni hal qilishga yordam bermaydi. Bu haqda Rheinische Post yozmoqda.
«Matbuot uchun balandparvoz bayonotar va sanksiyalar haqidagi tahdidlar Halabda oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan hech kimga, bolaga ham, ota-ona, bemor yoki jabrlanganga ham yordam bermaydi», — degan Germaniya tashqi ishlar vaziri nashrga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon hamjamiyati Ukraina inqirozi va Halabga bomba yog‘dirish amaliyotiga barham berishga urinmoqda.
«Agar, biz, Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan muammoni hal etish mumkinligiga ishonganimizda, ehtimol, Halabni bombalashda tanaffus e'lon qilinishiga erishmagan bo‘lardik», — degan Shtaynmayyer va Suriya inqirozining harbiy yo‘l orqali yechimi maqsadga muvofiq emasligini qayd etgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
15:45 / 27.05.2025