Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharp kompaniyasi Yaponiyadagi ikkita zavodini yopadigan bo‘ldi
Sharp kompaniyasi 2017 yilda Yaponiyadagi ikkita zavodini yopadigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Nikkei axborot agentligi.
Bu chora Foxconn boshchiligida o‘tkazilayotgan kompaniya sarf-xarajatlarini optimallashtirish dasturi bilan bog‘langan.
Ma'lum qilinishicha, kompaniya Xirosima prefekturasidagi Mixara shahrida joylashgan yorug‘lik diodlari va yarim o‘tkazgichli lazerlar ishlab chiqaruvchi va Tochigi prefekturasidagi televizorlar uchun suyuq-kristalli displeylar ishlab chiqaruvchi zavodlarini yopadi.
Mixaradagi zavoddagi ishlab chiqarish va xodimlar Xirosima prefekturasida joylashgan Fukuyamadagi zavodga ko‘chiriladi. Fukuyamadagi zavod ham Apple smartfonlari uchun kamera detallarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025