Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik tennischi WTAning yakuniy musobaqasi uchrashuvi vaqtida sochini kesib tashladi
Rossiyalik tennischi Svetlana Kuznetsova Ayollar tennis uyushmasining (WTA) yakuniy musobaqasi birinchi davrasi uchrashuvi vaqtida kokilining bir qismini kesib tashladi. Ushbu holat aks etgan video tashkilotning tvitterida chop etildi.
Singapurda o‘tayotgan musobaqaning birinchi uchrashuvida rossiyalik tennischining raqibi polshalik Agneshka Radvanskaya bo‘ldi.
Uchrashuv Kuznetsova uchun uncha omadli boshlanmadi, u 1-setda 4:1 hisobida mag‘lub bo‘layotganiga qaramasdan, natijada setni yuta oldi. Biroq 2-setda rossiyalik sportchi 1:6 hisobida imkoniyatni butkul boy berdi. E'tiborlisi, o‘yindagi tanaffuslardan birida Kuznetsova o‘zining kokilini o‘z qo‘llari bilan kesib tashladi. Shundan keyin uning 3-setdagi o‘yini yaxshiroq keta boshladi va natijada u partiyada hisobni tenglashtirib, uni yutib ketdi.
Uchrashuv Kuznetsovaning 7:5, 1:6, 7:5 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
22 oktabrda Kuznetsova Kreml kubogi g‘olibasi bo‘lgandi. U musobaqa finalida avstraliyalik Darya Gavrilovani mag‘lub etgandi. Aynan shu g‘alaba tennischiga WTA’ning yakuniy musobaqasida ishtirok etishiga imkon bergan.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi
11:53 / 11.02.2025