Jahon | 11:43 / 24.10.2016
8470
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Mo‘sulga yurishda ishtirok etayotganini ma'lum qildi

GETTY IMAGES

Turkiya hukumati ma'lum qildiki, turkiyalik harbiylar IShIDning Iroqdagi asosiy shahri bo‘lmish Mo‘sulni ozod qilish uchun boshlangan harbiy kampaniyada ishtirok etmoqda

Anqaradagilarning tasdiqlashicha, turkiyaliklarning artilleriyasi Iroqdagi kurd jangchilarini Mo‘sulga 12 km masofadagi Bashik shahrini egallash uchun janglarda qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu shahar atrofida turkiyalik harbiylarning bir qancha lagerlari joylashtirilgan.

O‘z navbatida na kurdlar, na Iroq hukumati Turkiya artilleriya bo‘linmalari Bashik uchun janglarda ishtirok etayotganini tasdiqladi. Shu bilan birgalikda kurdlar shaharni deyarli egallaganlarini, lekin shahar jangarilardan to‘la tozalanganiga kafolat yo‘qligini tasdiqlagan.

Turkiya o‘tmishda o‘z tarkibida bo‘lgan Mo‘sul shahrini ozod etishda ishtirok etishiga ruxsat berilishini talab qilmoqda. Anqaradagilar hanuzgacha bu hududni o‘z ta'sirida hisoblashi aytilmoqda.

Iroq hukumati Turkiyaning bu yurishda ishtirok etishiga qarshi turmoqda. Bag‘dod bir necha marta turkiyaliklarning Bashikdagi mashg‘ulot bazalari uchun norozilik bildirgan.

Mo‘sul shahriga hujum 17 oktabr tongida boshlandi. Iroqlik harbiylardan tashqari ushbu amaliyotda kurdlarning qurollangan guruhlari ishtirok etmoqda. Shuningdek, amaliyotlarni havodan turib AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mo‘sulning olinishi IShIDning Iroqdagi faoliyatiga barham berishini anglatadi. Aynan shu shahar 2014 yilda IShID tomonidan egallanishi ortidan bu tashkilot butun dunyoda o‘ziga e'tiborni qaratgandi.

Mavzuga oid