Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyaning sobiq qiroli sud oldida javob beradi
Belgiyaning sobiq qiroli Albert II o‘zini uning nikohsiz qizi deb ta'kidlayotgan Delfina Boelning otasi kim ekanligini aniqlash ishi bo‘yicha sud oldida javob beradi. Bu haqda Le Soir nashri xabar bermoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, sud 2017 yil 21 fevraliga belgilangan. Ta'kidlanishicha, sud instansiyalari birinchi marta Belgiya qiroli zimmasiga sud jarayoniga kelish majburiyatini qo‘yishgan.
Sud jarayoni Delfina Boel tomonidan 2013 yil iyunda boshlangan, biroq Albert II davlatning amaldagi rahbari sifatida daxlsizlikka ega bo‘lgan. Iyulda monarx taxtidan o‘g‘li Filipp foydasiga voz kechgan.
Mavzuga oid
08:55 / 03.10.2020
Belgiya sobiq qirolining nikohsiz tug‘ilgan qizi sud orqali malika unvoniga erishdi
23:30 / 13.03.2018
Belgiya qiroli Kanadada Germaniya bayrog‘i bilan kutib olindi
10:40 / 14.06.2017
Belgiya qiroli musulmon oila bilan birga iftorlik qildi
14:29 / 04.09.2016