Jahon | 10:40 / 14.06.2017
16525
2 daqiqa o‘qiladi

Belgiya qiroli musulmon oila bilan birga iftorlik qildi

Foto: © Dirk Waem, Pool Photo via AP

Belgiya qiroli Filipp Ramazon oyi munosabati bilan, Belgiyaning yirik shaharlaridan biri Gentda yashovchi marokashlik oila bilan iftorlik qildi. Bu haqda RTL telekanali ma'lum qildi. 

Qirol uy egasi va uning 8 ta o‘g‘li va ularning oilalari bilan sut va xurmo hamda turli yeguliklardan tanovul qildi hamda Ramazon oyi fazilatlari va bu vaqtda ro‘za tutishning foydasi haqida xabardor qilindi. Unga bu haqda uy egasining Gentdagi eng katta masjidlardan birining imomi hamda Flandriya viloyati ta'lim boshqarmasida ishlovchi o‘g‘illaridan biri so‘zlab berdi.    

Telekanalning ta'kidlashicha, Belgiya qirolining iftorlikda ishtirok etishi Belgiya musulmon aholisining jamiyatga qo‘shilib ketishidagi muhim ramziy voqea bo‘ldi. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Belgiyaning 11 mln aholisidan 800 mingini musulmonlar tashkil qiladi. Vaholanki, 2000 yilda ularning soni 400 mingga yaqinni tashkil qilgan. Mamlakatda ko‘plab litsenziyaga ega bo‘lmagan hamda xonadonlar va garajlarda tashkil etilgan ibodat qilish joylaridan tashqari rasman tan olingan 350 ga yaqin masjid faoliyat yuritadi.

Mavzuga oid