Jahon | 09:05 / 25.10.2016
9909
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda politsiya akademiyasiga hujumda qurbon bo‘lganlar soni 59 nafarga yetdi

Foto: REUTERS

Pokistonning Kvetta shahridagi politsiya akademiyasiga jangarilar hujum qilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 59 nafarga yetdi. Bu haqda GEO TV xabar bermoqda

Shifokorlarning ma'lum qilishicha, mahalliy shifoxonalarga 57 ta jasad yetkazilgan, 116 kishi yaralangan. Manbalar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, akademiyaning mashg‘ulotlar markaziga hujum qilganlardan 3 nafari yo‘q qilingan, 250 ga yaqin kadet ozod qilingan. 

Guvohlarning aytishicha, markazda portlash ovozlari yangragan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, bosqinchilar soni 5-6 kishini tashkil qilgan. 

Hukumatning fikricha, voqea ortida "Tolibon" bilan bog‘langan " Lashkar-a Jangvi" guruhi turibdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid