Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva prezidenti Yevropaga Rossiyadan xavf solinayotganini aytdi
Litva prezidenti Dalya Gribauskayte Rossiyaning Boltiqbo‘yida harbiy qudratini namoyish qilishi nafaqat mintaqaga, balki butun Yevropaga xavf solishini aytdi. Bu haqda Delfi portali xabar bermoqda.
Gribauskayte Boltiq dengizida yadroviy qurol olib yura oladigan Rossiya kemalarining paydo bo‘lishi mumkinligiga shunday izoh berdi. Bundan tashqari, Litva prezidenti Kaliningrad viloyatiga "Iskander" raketa majmualarining tashlanganini eslatib o‘tdi.
"Bu Boltiq davlatlariga emas, Yevropa poytaxtlariga qaratilganiga shubha yo‘q. Bu Sharq va G‘arb o‘rtasida taranglikning namoyishkorona oshirilishidir. Bu borgan sari ayon bo‘lib bormoqda", deb aytdi Gribauskayte.
24 oktabrda Niderlandiya harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Rob Verkerk harbiy dengizchilar ikkita Rossiya korvetining Boltiq dengizi tomon suzib ketganini qayd qilishganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:46 / 27.05.2025
Boltiq dengizida Rossiya flotining o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Unda 20 ta jangovar kema va 3 ming harbiy ishtirok etmoqda
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025