Musulmon oila Isroil aeroportidagi sinagogani masjid deb o‘ylab, unda ibodat qildi

Musulmon oila Tel-Avivdagi Ben-Gurion nomidagi aeroportdagi sinagogada yanglishmovchilik sababli ibodat qildi. Ushbu holat tasvirlangan videoni Yossi Koen ismli foydalanuvchi feysbukda joylashtirdi.
Breaking Israel News portali ma'lumotlariga ko‘ra, bu 23 oktabrda yuz bergan. Turkiyalik 5 nafar sayyoh bo‘sh sinagogaga kirib, u yerda namoz o‘qigan.
Musulmon sayyohlar joynamoz sifatida yahudiylar ibodat vaqtida ustlariga kiyib oladigan talitdan foydalanishgan. Sinagoga oldidan o‘tib ketayotgan yahudiy sayyohlarga yanglishishganini aytganda, ular uzr so‘rab, sinagogadan chiqib ketishgan. Ushbu voqea internet foydalanuvchilar tomonidan tanqidlarga sabab bo‘ldi: foydalanuvchilar turkiyaliklarni diniy his-tuyg‘ularni haqoratlashda ayblashgan.
Mavzuga oid

11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi

20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi

19:43 / 26.05.2025
HAMAS AQShning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi - Reuters

08:23 / 23.05.2025