Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada amnistiya qilingan Nadejda Savchenko Rossiyaga keldi
Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi jurnalistlarining Donbassda halok bo‘lishiga oid jinoiy ish bo‘yicha Rossiyada sudlangan Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko Moskvaga keldi. U Rossiya Oliy sudining ukrainalik millatchilar Nikolay Karpyuk va Stanislav Klixlarning apellyatsiyasi bo‘yicha majlisida ishtirok etadi.
RIA Novosti agentligining yozishicha, Savchenko sud binosiga Moskva vaqti bilan ertalab soat 10larda yetib kelgan. Deputat sud qarorigacha biron bir izoh berishdan bosh tortgan.
Oliy sud majlisini o‘nlab jurnalistlar yoritadi. Xavfsizlik choralari kuchaytirilmagan.
Savchenko advokati Nikolay Polozovning RIA Novostiga ma'lum qilishicha, Nadejdaning Rossiyaga kelishiga to‘sqinlik qiluvchi sabablar mavjud emas: "Rasmiy nuqtai nazardan u mutlaq erkin inson", - degan edi Polozov.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025