Toshkentga Jon Kerrining o‘rinbosari tashrif buyuradi

Foto: runrun.es
26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida bo‘lajak ikki tomonlama aloqalarning amaliy jihatlari hamda O‘zbekiston—AQSh hamkorligining boshqa masalalari yuzasidan fikr almashildi.
TIV xabariga ko‘ra, 2016 yilning 27 oktabr kuni AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif davomida T.Shennon davlat rahbariyati tomonidan qabul qilinadi hamda qator boshqa uchrashuvlar o‘tkazadi.
Mavzuga oid

20:00 / 24.09.2018
Shavkat Mirziyoyev missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisini orden bilan taqdirladi

02:01 / 01.07.2018
AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga yuqori mansabdagi amaldor kelishi mumkin

17:40 / 24.05.2018
Abdulaziz Komilov Pamela Spratlen bilan muzokaralar o‘tkazdi

19:40 / 13.05.2018