Sport | 15:10 / 27.10.2016
4849
2 daqiqa o‘qiladi

Runi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

Foto: BBC Sports

Italiyaning «Inter» jamoasi bosh murabbiy Joze Mourino tomonidan «Manchester Yunayted» jamoasi asosiy tarkibidan tushirilgan va qishki transferlar vaqtida jamoadan ketishi kutilayotgan Ueyn Runini o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin.

«Qizil iblislar» jamoasi safida 31 yoshli ushbu hujumchi oxirgi marta 18 sentabr kuni «Uotford»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda o‘ynagandi.

CalcioMercatoWeb ma'lumotiga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyatdan milanning  «Inter» jamoasi foydalanib qolmoqchi. Nashrda yozilishicha, Mauro Ikardi qishda jamoani tark etsa, jamoa tajribali hujumchiga ehtiyoj sezadi.

Manbaning yozishicha, milanliklar jamoasi katta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi. Futbolchi bilan muzokaralar qishda boshlanib, 2017 yil yozida uning transferi rasmiylashtirilishi mumkin. Hozirgi jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha bo‘lgan futbolchining transfer qiymat 30 million yevroga baholanmoqda.

Bundan tashqari, xitoylik investorlar jamoaga «Atletiko» murabbiyi Diyego Simeoneni olib kelmoqchi.

Bundan oldingi xabarlarda «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourino Runini yanvar oyidayoq qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida xabarlar berilgandi.

«MYu»da o‘tkazilgan 12 yilda futbolchi 532 uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi 246 gol urgan. U joriy mavsumda Runi 8ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va 2ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid