Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Germaniya aholisining uchdan bir qismi Rossiya bilan urushdan qo‘rqmoqda
Germaniya fuqarolarining har uchinchisi G‘arbning Rossiya bilan Qrim, Ukraina va Suriya bo‘yicha ziddiyati urushga aylanib ketishidan xavfsiramoqda. Forsa tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari shunga dalolat qilmoqda.
Unga ko‘ra, so‘rovnomada qatnashgan 2504 kishidan 32 foizining fikricha, Rossiya bilan G‘arb mamlakatlarini bildiruvchi YeI hamda uning ittifoqchisi bo‘lgan AQSh o‘rtasida urush ro‘y berishi mumkin. Biroq, so‘ralganlarning 64 foizi bunday xavotirli o‘ylardan yiroq ekanliklarini aytishgan.
Tadqiqot natijasi, shuningdek, "Germaniya uchun muqobil" o‘ta o‘ng kayfiyatdagi siyosiy harakat tarafdorlari (63 foiz) Rossiya bilan urush ehtimolini yuqori baholashini ko‘rsatgan.
So‘ralganlarning 41 foizi Rossiya va G‘arbning munosabatlarini yomon deb baholagan bo‘lsa, 51 foizi muhim emas, deb hisoblagan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025