Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing vertikal parvoz qiluvchi samolyotini patentladi
Amerikaning Boeing aviaqurilish korporatsiyasi vertikal parvoz qiluvchi va qo‘nuvchi yo‘lovchi samolyotini patentladi. Bu haqida Business Insider nashri xabar berdi.
Havo kemasi ham vertikal, ham gorizontal holatda ishlay oladigan aylanuvchi vintli to‘rtta dvigatel bilan (har bir qanotiga ikkitadan) ta'minlanishi rejalashtirilmoqda. Vertikal holat vertolyot prinsipidagi parvoz va qo‘nish uchun qo‘llaniladi, gorizontal holat esa - odatiy samolyot sifatida parvoz qilish uchun.
Patentga ko‘ra, laynerning yo‘lovchi sig‘imi kamida 100 kishini tashkil qiladi, undan mintaqaviy tijorat reyslarida foydalanish rejalashtirilmoqda. Shuningdek samolyotdan harbiy maqsadlarda foydalanish va biznes-jyet sifatida ekspluatatsiya qilish mumkin.
Mavzuga oid
21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi
19:24 / 16.04.2025
Rossiya AQShdan muzlatilgan aktivlari hisobidan Boeing samolyotlarini sotishni so‘radi - Bloomberg
17:45 / 26.03.2025
Rossiyada migrantning raqamli profili joriy qilinadi
17:02 / 26.03.2025