Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantning raqamli profili joriy qilinadi
U noyob identifikatorga ega bo‘ladi va kelajakda qog‘oz patentini almashtira oladi.
2025 yil 30 iyunidan boshlab Rossiyada migrantning raqamli profili joriy qilinadi. Bu haqda bosh vazir Mixail Mishustin ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, u noyob identifikatorga ega bo‘ladi va kelajakda qog‘oz patentini almashtira oladi. Biroq, bu o‘zgarishga tayyorgarlik ko‘rish kerak, deb ta’kidladi Mishustin.
«Migratsiya siyosati juda sezgir masala. Noqonuniy migratsiyaning katta ulushi bu jamoat xavfsizligi va barqarorligi uchun tahdid», dedi bosh vazir Davlat Dumasidagi nutqida. Uning eslatishicha, hozir 640 ming migrant mamlakatda noqonuniy bo‘lib turibdi va ular maxsus reyestrga kiritilgan.
Bu Rossiyadagi migrantlar bilan bog‘liq ko‘rib chiqilayotgan yagona tashabbus emas. Bir kun oldin, 25 mart kuni LDPR deputatlari guruhi Davlat Dumasiga migrantlarga maqsadli patentlarni majburiy berishni taklif qiluvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu shuni anglatadiki, patentda aniq kasbni ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Hozirgi kunda kasbni belgilash majburiy emas.
Boshqa chora-tadbirlar qatorida, migratsiya siyosatini kuchaytirish doirasida nazorat ostidagi shaxslar reyestri yaratildi, noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun jarimalar kuchaytirildi. Shu bilan birga, mart oyi boshida hukumat parlament quyi palatasiga patent bo‘yicha ishlayotgan xorijliklarning joylashuviga qo‘yiladigan talablarni yengillashtirish bo‘yicha qonun loyihasini kiritdi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025