Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Manchester Siti" ketma-ket olti o‘yindan keyin g‘alaba qozondi, Mourinoning esa omadsizliklari davom etadi
Angliya Premer-ligasining 10-turi doirasida "Manchester Siti" jamoasi safarda "Vest Bromvich"ga qarshi maydonga tushdi. Olti o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayotgan "shaharliklar" nihoyat uch ochkoga ega bo‘ldi. Ushbu o‘yinda "Manchester Siti" 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Joze Mourino boshchiligidagi "Manchester Yunayted" esa uyda "Byornli"ga qarshi maydonga tushdi. Kutilmaganda bahs 0:0 hisobida yakunlandi. E'tiborlisi, uchrashuvni "mankunianliklar" bir kishi kam bo‘lib tugatishdi. Ander Errera qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
"Vest Bromvich" – "Manchester Siti" – 0:4
Gollar: Aguero, 19 (0:1); Aguero, 28 (0:2); Gundo‘g‘an, 79 (0:3); Gundo‘g‘an, 90 (0:4).
Ogohlantirishlar: Douson, 16; Olsson, 21; Morrison, 53; Makklin, 56 – Nolito, 15; Kolarov, 62; Fernando, 76.
"Manchester Yunayted" – "Byornli" – 0:0
Ogohlantirishlar: Errera, 33; Pogba, 84 – Flenagan, 67; Marni, 90+2; Xiton, 90+3.
Chetlatish: Errera, 68.
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:17 / 04.05.2025